7
O’ZBEKIST
ON
7
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR
y
Mahsulotni mustahkam bo’lmagan tokcha yoki qiya yuzalar kabi joylarga
o’rnatmang. Shuningdek, tebranish mavjud joylarga yoki mahsulotni mustah-
kam o’rnati sh imkoni bo’lmagan joylarga ham o’rnatishdan saqlaning.
Aks holda mahsulot tushib ketishi yoki ag’darilib ketishi, bu esa o’z navbatida
mahsulotga shikast yetishiga yoki shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.
y
Agar siz televizorni tayanchga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, mahsulotning
ag’darilib ketishini oldini olish bo’yicha choralar ko’rishingiz kerak bo’ladi.
Aks holda televizor tushib ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi
mumkin.
y
Agar siz mahsulotni devorga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish Uyushmasi) standartiga mos
keladigan o’rnatish interfeysini (ixtiyoriy qismlarni) mahsulotning orqa tarafiga mahkamlang. Televizorni devorga mahkamlangan
tayanchdan (ixtiyoriy qismlardan) foydalangan holda o’rnatishda uning tushib ketmasligi uchun mustahkam qotiring.
y
Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan ko’rsatilgan qo’shimcha qism va qurilmalardangina foydalaning.
y
Antennani o’rnatishda malakali xizmat ko’rsatuvchi texnik xodim bilan maslahat-
lashing. Malakali texnik tomonidan o’rnatilmagan hollarda bu Yong’in yoki elektr
toiki zarbi havfi yuzaga kelishi mumkin.
y
Biz televizor ko’rganingizda ekran diagonali o’lchamining 2 barobaridan 7 baro-
barigacha bo’lgan masofa saqlashingizni tavsiya qilamiz.
Televizorni uzoq vaqt davomida ko’rish ko’zning xiralashishiga olib kelishi mum-
kin.
y
Batareyaning faqat maxsus turidan foydalaning.
Bu masofadan boshqarish pultiga shikast yetkazishi mumkin.
y
Yangi batareyalarni eski batareyalar bilan aralasht o’rnatmang.
Bu batareyalarning qizishi va oqishiga sabab bo’lishi haddan ziyod qizib
ketishi va natijada oqishiga olib kelishi mumkin.
y
Batareyalarni ortiqcha issiqlik ta’sirida qoldirmaslik lozim. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quy-
osh nurlari, ochiq otashgoh va elektr isitgichlardan uzoqroq saqlang.
y
Zaryadlovchi qurilmaga zaryadlanmaydigan batareyalarni joylashtirmang.
y
Masofadan boshqarish pulti va uning sensori orasida to’siqlarning yo’qligiga
ishonch hosil qiling.
y
Tashqi/ichki yoritgichlar, quyosh nurlari, fluoroessent yoritgichlar tufayli maso-
fadan boshqarish pulti signaliga to’siqlar hosil bo’lishi mumkin. Agar bunday
holat sodir bo’lsa, yoritgichni o’chiring yoki ko’rish sohasini qorong’ilashtiring.
y
Video o’yinlar pristavkasi kabi tashqi qurilmalarni ulaganda bog’lovchi kabel-
larning yetarli darajada uzunligiga ishonch hosil qiling.
Aks holda mahsulot tushib ketishi, bu esa ,shaxsiy zarar xavfiga yoki yoki
mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
y
Elektr manbaiga ulash shnurini rozetkaga ulash yoki rozetkadan uzish orqali
mahsulotni yoqmang/o’chirmang. (Vilkadan ,yoqish va o’chirish vositasi sifatida
foydalanmang.)
Bu mexanik nosozlikka yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.