30
O’ZBEKIST
ON
30
TEXNIK TA’MIRLASH / NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH
TEXNIK TA’MIRLASH
Televizorni tozalash
Eng yuqori darajagi namoyishni ta’minlash va mahsulot va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini
uzaytirish uchun televizoringizni muntazam ravishda tozalab boring.
EHTIYOT BO’LING
y
Eng avval televizorni o’chirganligingiz va quvvat manbaiga ulash shnuri hamda boshqa barcha
kabellarni uzib qo’yganligingizga ishonch hosil qiling.
y
Televizorni uzoq vaqt davomida foydalanilmagan holda qoldirilganda chaqmoq yoki kuchlanishdagi
sakrashlar natijasida yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olish uchun quvvat manbaiga
ulash shnurini rozetkadan uzib qo’ying.
Ekran, rama, korpus va peshtaxta
y
Chang yoki yengil kirlarni ketkazish uchun yuzasini quruq, toza va yumshoq latta bilan arting.
y
Asosiy kirlarni ketkazish uchun yuzasini toza suv yoki yumshoq kir yuvish vositasi eritmasi bilan
namlangan yumshoq latta da arting. Keyin darhol quruq latta bilan artib yuboring.
EHTIYOT BO’LING
y
Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.
y
Ekran yuzasiga tirnog’ingiz yoki o’tkir buyumlar bilan siljitmang, ishqalamang va tegib ketmang,
chunki bu ekran tirnalishiga va tasvir buzilishiga olib kelishi mumkin.
y
Kimyoviy moddalardan foydalanmang, chunki bu mahsulotga zarar yetkazishi mumkin.
y
Ekran yuzasiga suyuqlik sepmang. Televizor ichiga suvning kirishi yong’in, elektr toki urishi yoki
qurilmaning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
Quvvat manbaiga ulash shnuri
Quvvat manbaiga ulash shnuridagi to’plangan changlar yoki kirlarni muntazam ravishda tozalab boring.
NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH
Muammo
Yechim
Televizorni masofadan
boshqarish pulti orqali
boshqarishning iloji yo’q.
y
Mahsulot masofadan boshqarish pulti sensorini tekshiring va qaytadan urining.
y
Mahsulot va masofadan boshqarish pulti orasida hech qanday to’siqning mavjud
emasligini tekshiring.
y
Batareyalarning ishlayotganligi va to'g'ri o'rnatilganligini ( ga , ga )
tekshiring.
Tasvir namoyishi va
ovoz mavjud emas.
y
Mahsulotning yoqilganligini tekshiring.
y
Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga ulanganligini tekshiring.
y
Boshqa qurilmalarni ulab ko'rish yo'li bilan rozetkaning ishlayotganligini tekshirib
ko'ring.
Televizor to'satdan
o'chib qoladi.
y
Quvvat boshqaruvi sozlanmalarini tekshiring. Quvvat ta'minoti uzilgan bo'lishi
mumkin.
y
Taymerlar
sozlanmalarida
Avto-kutish rejimi
(Rusumga qarab)
/ Uyqu taymeri
/ Taymerni o‘chirish
ketish xususiyatining faollashtirilganligini tekshiring.
y
Televizor yoqilgan vaqtda signal mavjud bo'lmasa, 15 daqiqalik faolsizlikdan keyin
televizor avtomatik ravishda o'chadi.
Shaxsiy kompyuterga HDMI/
DVI orqali ulanganda “Signal
mavjud emas” yoki “Noto’g’ri
format” yozuvlari
chiqadi.
y
Masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda televizorni o’chiring va
yoqing.
y
HDMI kabelini qaytadan ulang.
y
Televizor yoqilgan holda kompyuterni o'chirib yoqing.