XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
EHTIYOT BO’LING
y
y
Mahsulotni radio to’lqinlar ta’siri yo’q joylarga o’rnating.
y
y
Antenna tushib ketgan hollarda uning elektr simlari ustiga tushishi oldini olish
uchun tashqi antenna va elektr simlari orasida yetarlicha masofa bo’lishi kerak.
Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
y
y
Mahsulotni mustahkam bo’lmagan tokcha yoki qiya yuzalar kabi joylarga
o’rnatmang. Shuningdek, tebranish mavjud joylarga yoki mahsulotni mustahkam
o’rnatish imkoni bo’lmagan joylarga ham o’rnatishdan saqlaning.
Aks holda, mahsulot tushib ketishi yoki ag’darilib ketishi, bu esa o’z navbatida
mahsulotga shikast yetishiga yoki shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.
y
y
Agar siz televizorni tayanchga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, mahsulotning ag’darilib
ketishi oldini olish bo’yicha choralar ko’rishingiz kerak bo’ladi. Aks holda, televizor
tushib ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.
y
y
Agar siz mahsulotni devorga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, VESA (Videoelektronikani Standartlashtirish
Uyushmasi) standartiga mos keladigan o’rnatish moslamasini (ixtiyoriy qismlarni) mahsulotning orqa
tarafiga mahkamlang. Televizorni devorga mahkamlangan tayanchdan (ixtiyoriy qismlardan) foyda-
langan holda o’rnatishda uning tushib ketmasligi uchun mustahkam qotiring.
y
y
Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan qo’shimcha qism va qurilmalardangina foydalaning.
y
y
Antennani o’rnatishda malakali xizmat ko’rsatuvchi texnik xodim bilan maslahat-
lashing. Malakali texnik tomonidan o’rnatilmagan hollarda yong’in yoki elektr toki
zarbi havfi yuzaga kelishi mumkin.
y
y
Biz televizor ko’rganingizda ekran diagonali o’lchamining 2 barobaridan 7 barobari-
gacha bo’lgan masofa saqlashingizni tavsiya qilamiz.
Televizorni uzoq vaqt davomida ko’rish ko’zning xiralashishiga olib kelishi mumkin.
y
y
Batareyaning faqat maxsus turidan foydalaning.
Aks holda, masofadan boshqarish pultiga shikast yetkazishi mumkin.
y
y
Yangi batareyalarni eski batareyalar bilan aralash o’rnatmang.
Bu batareyalarning haddan ziyod qizib ketishi va natijada oqishiga olib kelishi
mumkin.
y
y
Batareyalarni ortiqcha issiqlik ta’sirida qoldirmaslik lozim. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quy-
osh nurlari, ochiq otashgoh va elektr isitgichlardan uzoqroq saqlang.
y
y
Zaryadlovchi qurilmaga zaryadlanmaydigan batareyalarni joylashtirmang.
y
y
Masofadan boshqarish pulti va uning sensori orasida to’siqlarning yo’qligiga is-
honch hosil qiling.
y
y
Tashqi/ichki yoritgichlar, quyosh nurlari, fluoressent yoritgichlar tufayli masofadan
boshqarish pulti signaliga qarshi to’siqlar hosil bo’lishi mumkin.
Agar bunday holat sodir bo’lsa, yoritgichni o’chiring yoki ko’rish sohasini
qorong’ilashtiring.
y
y
Video o’yinlar pristavkasi kabi tashqi qurilmalarni ulaganda bog’lovchi kabellarning
yetarli darajada uzunligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, mahsulot tushib ketishi,
bu esa, shaxsiy zarar xavfiga yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
7
ENG
O’ZBEKCHA