XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
3D tasvirlarni ko’rish
OGOHLANTIRUV
Ko’rish muhiti
y
Ko’rish vaqti
- 3D tarkibni ko’rganda har soatda 5-15 daqiqa tanaffus qiling. 3D tarkibni uzoq vaqt davomida ko’rish
bosh og’rishi, bosh aylanishi, ortiqcha charchoq yoki ko’zlarning toliqishiga olib kelishi mumkin.
Yorug’likka sezgirlik yoki surunkali xastalik bilan og’riganlar
y
Ayrim foydalanuvchilar miltillovchi yorug’lik yoki 3D mazmundagi o’zgacha ta’sirga uchraganlarida
xastalik xuruji yoki boshqa nojo’ya ta’sirga uchrashlari mumkin.
y
Ko’nglingiz ayniyotgan bo’lsa, homilador bo’lsangiz va/yoki epilepsiya, yurak urishining buzilishi, qon
bosimi xastaliklari kabi surunkali xastaliklar bilan kasallangan bo’lsangiz, 3D videolarni ko’rmang.
y
Stereo ko’rlik yoki stereo anomaliyadan aziyat chekuvchilarga 3D mazmun tavsiya qilinmaydi.
Tasvirlarning ikkilanishi yoki noqulayliklarni his qilishlari mumkin.
y
Agar sizda g’ilaylik, ambliopiya (ko’rish qobiliyatining kuchsizligi) yoki astigmatizm mavjud bo’lsa, sizda
ranglarning darajasini sezish bo’yicha muammolar bo’lishi va tasvirlarning ikkita ko’rinishi tufayli tez
charchashingiz mumkin. O’rta yoshdagi odamga nisbatan tez-tez tanaffus qilish tavsiya qilinadi.
y
Agar sizning o’ng va chap ko’zlaringizning ko’rish qobiliyatlari har xil bo’lsa, 3D tarkibni ko’rishdan avval
ko’rish qobiliyatingizni tekshirtiriing.
3D tarkibni ko’rishni to’xtatishni yoki bunday kontentlarni ko’rmaslikni talab qiluvchi alomatlar
y
Uyqusizlik, ko’p ishlash yoki spirtli ichimlik iste’mol qilish tufayli charchoqni his qilgan vaqtlaringizda 3D
tarkibni ko’rmang.
y
Bunday belgilar paydo bo’lgan vaqtlarda 3D tarkibni ko’rishni to’xtating va ushbu belgilar yetarlicha
kamayguncha dam oling.
- Bunday belgilar to’xtovsiz ravishda paydo bo’lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Bunday
belgilarga bosh og’rig’i, ko’z soqqasining og’rishi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, yurakning tez
urishi, tasvirning chaplanishi, noqulaylikni his qilish, tasvirlarning ikkita ko’rinishi, ko’rishning
noqulayligi yoki charchoq kabilar kiradi.
10
ENG
O’ZBEKCHA