O’RNATISH TARTIBI / YIG’ISH VA TAYYORLASH
O’RNATISH TARTIBI
1 Paketni oching va barcha yordamchi qurilmalarning mavjudligiga ishonch hosil qiling.
2 Tashqi qurilmani televizorga ulang.
3 Tarmoq ulanishining mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Siz televizorning tarmoq funksiyalaridan faqat tarmoq ulanishi o’rnatilgan hollardagina foydalana olasiz.
* Agar TV zavoddan yuborilgandan keyin birinchi marta yoqilgan bo’lsa, TVning initsializatsiyasi bir necha
daqiqa vaqtni olishi mumkin.
YIG’ISH VA TAYYORLASH
Qutini ochish va uni bo’shatish
Mahsulot qutisi ichida quyidagilarning mavjudligini tekshiring. Agar birorta yordamchi qurilma mavjud
bo’lmasa, mahsulotingizni xarid qilgan mahalliy dileringizga murojaat qiling.
Ushbu qo’llanmadagi suratlar haqiqiy mahsulot va buyumdan farq qilishi mumkin.
EHTIYOT BO’LING
y
y
Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini kafolatlash uchun tavsiya qilinmagan
buyumlardan foydalanmang.
y
y
Tavsiya qilinmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan har qanday zarar yoki shikastlanishlar
ishlab chiqaruvchi kafolati bilan qoplanmaydi.
y
y
Ayrim rusumlarning ekraniga yupqa parda yopishtirilgan bo’lib, ushbu parda olib tashlanmasligi kerak.
ESLATMA
y
y
Mahsulotingiz bilan yetkazib beriladigan buyumlar rusumga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin.
y
y
Mahsulot xususiyatlari yoki ushbu qo’llanma mazmuni mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli
avvaldan ogohlantirishsiz o’zgartirilishi mumkin.
y
y
Eng maqbul darajada ulanish uchun HDMI kabellari va USB qurilmalari qalinligi 10 mmdan, kengligi
18 mmdan kamroq bo’lgan uyachalarga ega bo’lishlari kerak. USB kabeli yoki USB xotira kartasi
televizoringizdagi USB portiga mos kelmagan hollarda USB 2.0 ga mos uzaytirma kabeldan foydalaning.
A
B
A
B
A
<
=
10 mm
B
<
=
18 mm
y
y
HDMI logotipi yopishtirilgan sertifikatlangan kabeldan foydalaning.
y
y
Agar sertifikatlangan HDMI kabelidan foydalanmasangiz, ekran namoyish qilmasligi yoki ulanish
xatoligi yuz berishi mumkin. (Tavsiya qilingan HDMI kabeli turlari)
- Yuqori tezlikdagi HDMI
®
/
TM
kabeli
- Ethernet-ga ega bo'lgan yuqori tezlikdagi HDMI
®
/
TM
kabeli
ESLATMA
y
y
Ko’rsatilgan tasvir televizoringizdagidan farqlanishi mumkin.
y
y
Televizoringizdagi OSD (displey ekrani) ushbu qo’llanmada ko’rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin.
y
y
Mavjud menyular va parametrlar kirish manbasi yoki siz foydalanayotgan mahsulot rusumingizdagidan
farq qilishi mumkin.
y
y
Kelajakda ushbu televizorga yangi funksiyalar qo’shilishi mumkin.
y
y
Elektr quvvati iste’molini kamaytirish uchun ushbu televizor kutish rejimiga qo’yilishi mumkin. Agar
televizor ma’lum vaqt ko’rilmasa, u o’chirib qo’yilishi kerak, chunki bu quvvat iste’molini kamaytiradi.
y
y
Tasvirning ravshanlik darajasi kamaytirilsa, foydalanish vaqtidagi quvvat iste’moli anchagina
kamaytirilishi mumkin va bu umumiy foydalanish xarajatlarini kamaytiradi.
12
ENG
O’ZBEKCHA