3
Ogohlantirish! Xavfsizlik texnikasi
ko‘rsatmalari
DIQQAT
OCHILMASIN,
ELEKTR TOKI ZARBASI XAVFI BOR
DIQQAT : ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN QOPQOQNI (YOKI ORQA QISMINI) OCHMANG. ICHIDA FOYDALANUVCHI
TA'MIRLAY OLADIGAN QISMLAR YO‘Q. MALAKALI MUTAXASSISGA MUROJAAT QILING.
Ushbu belgi mahsulot ichida odamlarni elektr zarbasi urishi mumkin bo‘lgan "xavfli kuchlanishga” ega izolyatsiyalanmagan qism
borligini bildiradi.
Ushbu belgi moslama bilan birga kelgan qo'llanma ichida muhim qo‘llash va ta'mirlash (xizmat ko‘rsatish) ko‘rsatmalar borligi haqida
foydalanuvchini ogohlantiradi.
OGOHLANTIRISH: YONG'IN YOKI ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN MAHSULOTNI YOMG'IR OSTIDA YOKI NAM JOYGA
O‘RNATMANG.
•
YONG‘IN TARQALISHINING OLDINI OLISH UCHUN SHAM
YOKI BOSHQA OCHIQ OLOVGA EGA NARSALARNI
DOIMO MAHSULOTDAN UZOQDA TUTING.
•
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi
joylarda qoldirmang:
-
Mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta’siridan
saqlang.
-
Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda
-
Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik
hosil qiluvchi qurilmalar yaqinida.
-
Oshxona peshtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqinida;
bu yerda ular osongina bug’ yoki moy ta’sirida qolishlari
mumkin.
-
Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda.
-
Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta‘siriga
qo‘ymang va vaza, kosa kabi suv to‘ldirilgan buyumlarni
mahsulot ustiga yoki uning yuqorisida (masalan, qurilma
ustidagi tokchalarga) qo‘ymang.
-
Benzin yoki shamchiroq kabi tez alanga oladigan narsalar
yoniga, yoki TVga havo konditsioneri to‘g‘ridan-to‘g‘ri
uradigan qilib o‘rnatish.
-
O‘ta chang joylarga o‘rnatmang.
Aks holda bu yong‘in, elektr toki urishi, yong‘in/portlash,
noto‘g‘ri ishlash yoki mahsulot deformatsiyasiga olib kelishi
mumkin.
•
Havo aylanish tizimi
-
TVni yaxshi havo aylanish tizimi mavjud bo‘lgan joyga
o‘rnating. Kitoblar javoni kabi yopiq joyga o‘rnatmang.
-
Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.
-
Mahsulot elektr manbaiga ulangan vaqtda uni sochiq yoki
boshqa materiallar bilan to‘smang yoki yopmang.
•
Havo aylanish tizimi darchalariga tegmayotganiga ishonch
hosil qiling. TVni uzoq vaqt davomida tomosha qilganda,
uning havo aylanish darchalari qizib ketishi mumkin.
•
Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka
qisib qo’yish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik
ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va shnur
qurilmadan chiqadigan joylarga alohida e’tibor bering.
•
Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni
qimirlatmang.
•
Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr shnuridan
foydalanmang.
•
Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib olayotganda
vilkani mahkam ushlaganingizga ishonch hosil qiling. TVni
quvvat manbaidan uzish uchun elektr shnuridan tortmang.
•
Tarmoq rozetkasiga juda ko‘p qurilmalarni ulamang, chunki
bu uning yonishiga yoki tok urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Summary of Contents for MFL71751710
Page 67: ...23 ...