6
Tayyorlash
Televizorni ko’tarish va siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat’iy nazar televizorning tirnalishi yoki unga zarar yetishi xavfining oldini olish va uni xavfsiz tarzda tashish
uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.
•
Televizorni u dastlab olib kelingan quti yoki o’ramda siljitish tavsiya qilinadi.
•
Televizorni siljitish yoki ko’tarishdan avval undagi quvvat manbaiga ulash shnuri va barcha kabellarni uzib qo’ying.
•
Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishining oldini olish uchun uning ekrani sizga
teskari holda bo’lishi kerak.
•
Televizor korpusining tomondagi va quyi qismlarini mahkam ushlang. Shaffof qismi, dinamik
yoki dinamikning to’rli qismidan ushlab olmaganligingizga ishonch hosil qiling.
•
Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi bo’lishi kerak.
•
Televizor qo’lda tashilgan vaqtda uni quyidagi tasvirda ko’rsatilgani kabi ushlang.
•
Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki ortiqcha tebranishlar ta’sirida qoldirmang.
•
Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda ushlang, hech qachon televizorni yon tomonga burmang va chapga yoki o’ngga
qiyalatmang.
•
Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib keluvchi ortiqcha bosim ishlatmang, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.
•
Televizor bilan muomala qilganda bo‘rtib turgan tugmalarni shikastlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
•
Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekran buzlilishiga olib kelishi mumkin.
•
Tayanchni TVga mahkamlashda ekranni tirnalishlardan himoya qilish uchun ekranni yumshoq stol yoki tekis yuzaga qaratgan holda
qo’ying.
Summary of Contents for MFL71751710
Page 67: ...23 ...