O'zbek
cha
O'rnatish
• Jihozni radiator yoki isitkich yaqiniga yoki ustiga qo‘ymang,
oftob tushadigan joyga ham qo‘ymang.
• Jihoz ustiga suv solingan idish (vaza va hokazo) qo‘ymang,
chunki yong‘in chiqishi yoki tok urishi mumkin.
• Qurilmani yomg'ir yoki namlik ta'sirida qoldirmang.
• Agar televizorni kuchli chang, yuqori yoki baland harorat,
yuqori namlik, kimyoviy moddalar bor joyda yoki aeroport,
vokzal kabi 24 soat ishlaydigan joyga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz,
vakolatli Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga bog‘lanib,
maslahat oling. Aks holda televizorga jiddiy shikast yetishi
mumkin.
• Jihoz ustiga suv tomchilashi yoki sachrashiga yo‘l qo‘ymang.
Televizorni devorga o‘rnatish
Agar televizorni devorga o‘rnatsangiz, ishlab
chiqaruvchi bergan ko‘rsatmalarga aniq rioya
qiling. Agar u to'g'ri o'rnatilmagan bo'lsa, TV siljishi
yoki tushib ketishi va bola yoki kattalarga tan
jarohat yetkazishi va TVga jiddiy zarar yetkazishi
mumkin.
• Samsung kronshteyn majmuasini buyurtma qilish uchun
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
• Agar devor kronshteynini o‘zingiz o‘rnatishga qaror
qilsangiz, mahsulotga shikast yetkazilishiga yoki biror kishi
jarohatlanishiga Samsung Electronics javob bermaydi.
• VESAga to‘g‘ri kelmaydigan yoki tavsiya etilmagan
mahkamlash uskunalarni ishlatishda yoki mijozning
mahsulotni o‘rnatishda instruksiyaga amal qilmasligidan
mahsulotga shikast yetkazilishiga yoki biror kimning
jarohatlanishiga Samsung javobgar bo‘lmaydi.
• Kronshteynni mustahkam, polga perpendikulyar joylashgan
devorga o‘rnating. Devor kronshteynini gipsokartondan
boshqa yuzaga o‘rnatishdan oldin qo‘shimcha ma’lumot
uchun mutaxassisga murojaat qiling. Agar televizorni shiftda
yoki qiya devorda o‘rnatsangiz, tushib ketib, jiddiy jarohat
yetkazishi mumkin.
• Kronshteynni o‘rnatishda to‘rtala VESA (devor kronshteyni)
vintlarini qotirishni maslahat beramiz
• Agar faqat tepadagi ikkita vint bilan devorga o‘rnatiladigan
kronshteyn o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, shu tarzda o‘rnatish
mumkin bo‘lgan Samsung kronshteynini ishlating. (Ushbu
turdagi devorga o'rnatiladigan to'plam ba'zi mintaqalarda
xarid qilib bo'lmaydi).
• Televizorni 15 gradusdan ko‘proq qiya qilib o‘rnatmang.
• Devorga o'rnatiladigan to'plamlarning standart o'lchamlari
jadvalning da ko'rsatilgan. O’rnatish bo’yicha qisqacha
qo’llanma.
Televizor yoqilganligida kronshteynni o‘rnatmang.
Bu tok urishi natijasida jarohatga olib kelishi
mumkin.
• Standart o‘lchamdan uzun bo‘lgan yoki VESA standartiga
to‘g‘ri kelmaydigan vintlarni ishlatmang. Ortiqcha uzunlikdagi
vintlar televizorning ichki qismlariga shikast yetkazishi
mumkin.
• VESA standartlariga mos kelmaydigan kronshteynlarning
xarakteristikalariga qarab, vintlar uzunligi turlicha bo‘lishi
mumkin.
• Vintlarni haddan tashqari qotirib yubormang. Bu
mahsulotning tushib ketishi yoki shikastlanishiga va shu
tufayli biror kimsaning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Samsung bu kabi hodisalarga javobgar bo‘lmaydi.
• Televizorni devorga doim ikki kishi o‘rnatsin.
TV uchun havo aylanishini ta’minlash
Televizor bilan One Connect qurilmasi oʻrnatilganida, havo yaxshi
aylanishi uchun One Connect bilan boshqa jismlar (devor, shkaf
yoni va hokazo) orasida kamida 10 sm oraliq qoldiring. Yetarlicha
havo aylanishi ta'minlanilmasa, jihoz qizib ketib, yong‘in chiqishi
yoki jihozda muammo paydo bo‘lishi mumkin.
• Televizorni stend yoki kronshteyn bilan o‘rnatishda faqat
Samsung Electronics tomonidan ishlab chiqarilgan qismlarni
ishlatishni maslahat beramiz. Boshqa ishlab chiqaruvchining
qismlari ishlatilsa, jihoz bilan qiyinchilik tug‘ilishi yoki tushib
ketishi oqibatida jarohat yetkazishi mumkin.
Ehtiyot chorasi
Diqqat
: Televizor tortilsa, itarilsa yoki
ustiga chiqilsa, tushib ketishi mumkin.
Ayniqsa bolalar televizorga osilib, qimirlatib
qo‘ymasin. Natijada televizor ag‘darilib
tushib, jiddiy jarohat yoki o‘limga olib
kelishi mumkin. Televizor bilan birga
kelgan xavfsizlik flayeridagi barcha ehtiyot
choralarini ko‘ring. Qo‘shimcha barqarorlik
va xavfsizlik uchun yiqilib ketishlarga qarshi
qurilma sotib olishingiz va uni "TV ning
yiqilib ketishining oldini olish" bo‘limiga
qaragan holda o‘rnatishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Hech qachon televizorni
beqaror joyga joylashtirmang. Televizor tushib
ketib, jiddiy jarohat yoki o‘limga sabab bo‘lishi
mumkin. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini
ko‘rish bilan ko‘pgina jarohatlarning, ayniqsa
bolalarning jarohatlari oldini olish mumkin
O'zbekcha - 3