Televizorni stendga mahkamlash
Ko‘rsatilgan barcha anjomlar mavjudligini tekshiring va stendni ko‘rsatmalarga amal qilgan holda yig‘ing.
Ehtiyot chorasi: Tushib ketmasligi uchun televizorni devorga
mahkamlash
Diqqat
: Televizor tortilsa, itarilsa yoki ustiga chiqilsa, tushib ketishi mumkin. Ayniqsa
bolalar televizorga osilib, qimirlatib qo‘ymasin. Natijada televizor ag‘darilib tushib, jiddiy
jarohat yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Televizor bilan birga kelgan xavfsizlik flayeridagi
barcha ehtiyot choralarini ko‘ring. Qo‘shimcha barqarorlik va xavfsizlik uchun keyingi
sahifada ta’riflangan tushib ketishga qarshi moslamani sotib olib, o‘rnatishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Hech qachon televizorni beqaror joyga joylashtirmang. Televizor tushib ketib,
jiddiy jarohat yoki o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish
bilan ko‘pgina jarohatlarning, ayniqsa bolalarning jarohatlari oldini olish mumkin
• Televizorni ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan korpus yoki stendlardan foydalanish.
• Faqat televizorni xavfsiz ushlab turishi mumkin bo‘lgan mebellardan foydalanish.
• Televizorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganligiga ishonch hosil
qilish.
• Mebel va televizorni turg‘un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib, baland mebellarga
televizorni (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmaslik.
• Televizor va qo‘llab-quvvatlovchi mebel o‘rtasida joylashgan mato yoki boshqa materiallar ustiga
televizorni joylashtirmaslik.
• Bolalarni televizor yoki uning boshqaruv elementlariga yetishi uchun mebel ustiga chiqishning
xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirish.
Agar bu yangi televizor bilan almashtirayotgan televizoringizni ham saqlab qolib, boshqa joyga
ko‘chirayotgan bo‘lsangiz, unga nisbatan ham shu ehtiyot choralarini ko‘ring.
O'zbekcha - 10