O'zbek
cha
CI+ ishlamayapti.
• Samsung televizoringiz CI+ 1.4 standartlariga muvofiq keladi.
• CI+ Common Interface moduli bu qurilmaga mos kelmasa, modulni chiqarib oling va CI+ operatoridan
yordam so‘rang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
• Pultning quvvat tugmasi bosilganida televizorning pastki qismidagi quvvat indikatori o‘chib-yonishini
tekshiring. Agar o‘chib-yonmasa, pultdagi batareyalarni almashtiring.
• Batareyalarning qutblari (+/–) to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rnatilgan bo‘lsin.
• Pultni televizor ro‘parasida, 1,5 ~ 1,8 m uzoqlikda tuting.
Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pulti televizorni yoqib-o‘chirmaydi yoki tovushini
rostlamaydi.
• Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pultini televizorni boshqaradigan qilib dasturlang. SAMSUNG TV
kodi uchun kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining qo‘llanmasiga qarang.
TV sozlamalari 5 daqiqadan keyin o‘chib ketmoqda.
• Televizor
Reklama
rejimida.
Foydalanish rejimi
bandini
Umumiy
menyusida bunga o‘zgartiring:
Uy rejimi
(
>
Parametrlar
>
Umumiy
>
Tizim menejeri
>
Foydalanish rejimi
>
Uy rejimi
).
Wi-Fi beqaror ishlamoqda
• Televizor tarmoqqa ulanganini tekshiring ( >
Parametrlar
>
Umumiy
>
Tarmoq
>
Tarmoq holati
).
• Wi-Fi paroli to‘g‘ri kiritilganini tekshiring.
• Televizor bilan modem/router orasidagi masofani tekshiring. Masofa 15,2 metrdan oshmasligi lozim.
• Simsiz qurilmalarni ishlatmaslik yoki o‘chirib qo‘yish orqali xalaqitlarni kamaytiring. Bundan tashqari,
televizor bilan modem/router orasida to‘siq bo‘lmasin. (Jihozlar, simsiz telefonlar, toshdan yasalgan devor/
kaminlar va boshqalar Wi-Fi signalini kuchsizlantirishi mumkin.)
Bir qavatli
Ko‘p qavatli
Simsiz router
Simsiz repiter (vay-fay
to'lqinni kuchaytiruvchi
moslama)
• Internet provayderi bilan bog‘lanib, yangi modem/router va televizorning MAC (mediyaga kirish boshqaruvi
yoki internet tarmoq'i) manzillarini qayd qilish uchun tarmoqqa qayta ulashlarini so‘rang.
O'zbekcha - 15