06 Nosozlikni hal qilish va profilaktika
Nosozliklarni hal qilish
Agar televizorda muammo bo‘lsa, avval ushbu ehtimoliy muammolar va yechimlarni ko‘ring. Muqobil ravishda
e-qo‘llanmadagi Nosozliklarni hal qilish bo‘limiga qarang. Agar bu maslahatlar ish bermasa, “www.samsung.
com” saytiga kirib, Support tugmasini bosing yoki shu qo‘llanma orqasida berilgan mijozlarni qo'llab quvvatlash
markazi bilan bog‘laning.
• TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo‘lib, ularni ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiya
kerak. Shunda ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo‘lishi mumkin. Bu piksellar jihozning
ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
• Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta’minotini yangilang. TV menyusidagi
Hozir yangilash
yoki
Avtomatik yangilash
funksiyalarini ishlating ( >
Parametrlar
>
Qo'llab-quvvatlash
>
Dasturiy
ta'minot yangilanishi
>
Hozir yangilash
yoki
Avtomatik yangilash
).
Televizor yonmayapti.
• Elektr simi televizorga va rozetkaga mahkam tiqilganligini tekshiring.
• Rozetka ishlayotganini va televizorning pastki qismidagi quvvat indikatori qizil rangda yonib turganini
tekshiring.
• Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun televizorning pastki qismidagi quvvat (
)
tugmasini bosib ko‘ring. Agar televizor yonsa, “Masofaviy pult ishlamayapti” yechimiga qarang.
Hech qanday tasvir/video/tovush yo‘q yoki tashqi qurilmadan buzuq tasvir/video/tovush
chiqmoqda yoki televizorda “Kuchsiz signal yoki signal yo'q” yozuvi chiqqan yoki kanal
topib bo‘lmayapti.
• Qurilma to‘g‘ri ulanganini va barcha kabellar oxirigacha tiqilganini tekshiring.
• Televizor va tashqi qurilmalarga ulangan barcha kabellarni sug‘urib, qaytadan tiqib ko‘ring. Iloji bo‘lsa, yangi
kabel ishlatib ko‘ring.
• Kirish manbasi to‘g‘ri tanlanganini tekshiring ( >
Manba
).
• Muammo televizorda yoki qurilmada ekanini aniqlash uchun televizorni o‘z-o‘zini diagnostika qildiring (
>
Parametrlar
>
Qo'llab-quvvatlash
>
O'zini-o'zi diagnostika qilish
>
Tasvir tekshirishini boshlash
yoki
Tovush tekshirishni boshlash
).
• Agar sinash natijalari normal bo‘lsa, har bir qurilmaning elektr simini sug‘urib, qayta tiqish orqali
ulangan qurilmalarni qayta ishga tushiring. Muammo hal bo‘lmasa, ulangan qurilmaning foydalanuvchi
qo‘llanmasidagi ulash ko‘rsatmalariga qarang.
• Agar kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasi ishlatmayotgan bo‘lsangiz va televizor antennadan yoki devordagi
kabel ulanishidan signal olayotgan bo‘lsa, kanal qidirish uchun
Avtomatik sozlash
funksiyasini ishlating (
>
Parametrlar
>
Efirga uzatilayapti
> (
Avtomatik sozlash parametrlari
) >
Avtomatik sozlash
).
–
Model yoki geografik joylashuvga qarab,
Avtomatik sozlash parametrlari
chiqmasligi mumkin.
–
Agar kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasi ishlatayotgan bo‘lsangiz, ularning qo‘llanmasini o‘qing.
O'zbekcha - 14