O'zbekcha - 16
CI+ ishlamayapti.
• Samsung televizoringiz CI+ 1.4 standartlariga muvofiq keladi.
• CI+ Common Interface moduli bu qurilmaga mos kelmasa, modulni chiqarib oling va CI+ operatoridan
yordam so‘rang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
• Pultning quvvat tugmasi bosilganida televizorning pastki qismidagi quvvat indikatori o‘chib-yonishini
tekshiring. Agar o‘chib-yonmasa, pultdagi batareyalarni almashtiring.
• Batareyalarning qutblari (+/–) to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rnatilgan bo‘lsin.
• Pultni
1
,5-1,
8
metr uzoqlikda televizorga qarating.
• Agar televizor bilan birga Samsung Smart masofadan boshqarish pulti (Bluetooth pult) kelgan bo‘lsa, uni
televizorga bog‘lashni unutmang.
Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pulti televizorni yoqib-o‘chirmaydi yoki tovushini
rostlamaydi.
• Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pultini televizorni boshqaradigan qilib dasturlang. SAMSUNG TV
kodi uchun kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining qo‘llanmasiga qarang.
TV sozlamalari 5 daqiqadan keyin o‘chib ketmoqda.
• Televizor
Reklama
rejimida.
Foydalanish rejimi
bandini
Umumiy
menyusida bunga o‘zgartiring:
Uy rejimi
(
>
Parametrlar
>
Umumiy
>
Tizim menejeri
>
Foydalanish rejimi
>
Uy rejimi
).
Wi-Fi beqaror ishlamoqda
• Televizor tarmoqqa ulanganini tekshiring (
>
Parametrlar
>
Umumiy
>
Tarmoq
>
Tarmoq holati
).
• Wi-Fi paroli to‘g‘ri kiritilganini tekshiring.
• Televizor bilan modem/ulanish nuqtasi orasidagi masofani tekshiring. Masofa 15,2 metrdan oshmasligi
lozim.
• Simsiz qurilmalarni ishlatmaslik yoki o‘chirib qo‘yish orqali xalaqitlarni kamaytiring. Bundan tashqari,
televizor bilan modem/ulanish nuqtasi orasida to‘siq bo‘lmasin. (Jihozlar, simsiz telefonlar, toshdan
yasalgan devor/kaminlar va boshqalar Wi-Fi signalini kuchsizlantirishi mumkin.)
Bir qavatli
Ko‘p qavatli
Simsiz ulanish nuqtasi
Simsiz repiter (vay-fay
to'lqinni kuchaytiruvchi
moslama)
• Internet provayderi bilan bog‘lanib, modem/ulanish nuqtasi va televizorning MAC manzillarini qayd qilish
uchun tarmoqqa qayta ulashlarini so‘rang.